terma
bilan ulashing
1. sifatdosh Saralab-saralab yigʻib, birlashtirib tashkil etilgan, tuzilgan.
-
Terma futbol jamoasi.
-
Kapsanchilarning koʻpchiligi paxtani bilmagani uchun, bu ekinni uncha-muncha biladigan odamlardan terma brigadalar tuzishni, bu brigadalarga tajribali qariyalarni brigadir qilib tayinlashni taklif qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. ot Folk. Baxshilar repertuarida dostondan keyin, ikkinchi oʻrinda turadigan, band tuzilishi erkin, uch qatordan 100—150 misragacha boʻladigan folklor janri.
-
Fozil Yoʻldosh oʻgʻli turli mavzularda termalar va dostonlar aytar edi. Oʻzbek adabiyoti
-
Uning [Toʻxtagulning] oʻlanlarida, termalarida siyosiy joʻshqinlik hukmron edi. H. Nuriy, Ulugʻ oqin
-
Doston va terma baxshilar ijodida yonma-yon yashab keladi. OʻTA
3. ot Umuman, xalq ogʻzaki ijodiga mansub, odatda toʻrt misradan iborat qoʻshiq turi.
TERMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
terma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar