tit
bilan ulashing
1. Toʻda, toʻp holidagi narsani u yoq-bu yoqqa sochmoq, agʻdarmoq, toʻzitmoq.
-
Bundan koʻra goʻng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq! Oybek, Tanlangan asarlar
-
taxta koʻmirlarini, chinni parchalarini etik uchi bilan titdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
U jangchilarning texnika va taktika haqidagi mulohazalariga ahamiyat bermagandek, choʻgʻni titib oʻtirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Kovlashtirib, agʻdar-toʻntar qilib qaramoq, titkilamoq.
-
Sandiqni titmoq. Uyni titmoq.
-
Qizil krest alomatli brezent sumkani titib, dori oldi-da, Murzinga tutdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Qogʻozlarini qancha titsam ham, laʼnati daftar sira-sira topilmadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Kechqurun oʻzida bor jurnallarni titib, Ulfatning sheʼrlarini topdi. A. Qahhor, Sarob
3. Yulib, savab, qoqib yoki boshqa yoʻllar bilan yumshatmoq va chang, xas-xashakdan tozalamoq.
-
Paxta titmoq. Jun titmoq.
-
Gʻoziboy aka bilan Roʻziboy akalar panshaxa bilan xirmonda tinmay paxtani titib turishsin. Mirmuhsin, Mixlar va poʻkaklar
4. so‘zlashuv tili Pora-pora qilmoq, dabdala qilmoq, majagʻini chiqarmoq.
-
Hozir koʻziga koʻrinsang, titib tashlaydi. A. Qahhor, Sarob
-
Tutun jigarimni ham titib yubordi. Oybek, Tanlangan asarlar
TIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar