tosh
bilan ulashing
1. Qirgʻoqdan oshmoq, qirgʻoqdan oshib, atrofga yoyilmoq, atrofni bosmoq.
-
Hovliga suv toshib ketibdi.
-
Yer islohotidan keyin bir yil daryo toshib, ekinlarning yarmidan koʻpi nobud boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hovli oʻrtasidagi vodoprovod joʻmragidan suv sharillab oqib yotar, sement hovuzcha toʻlib chiqib, ariqcha chetidagi barq urib yotgan oʻsmalarga toshib ketgandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Oʻz qobigʻi, idish va shu kabilardan toʻlib, ortib, sirtga chiqmoq.
-
Oliyaxon tashqari eshikdan hovliga kirishi bilan darhol qozon-da toshayotgan sutga koʻzi tushdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
-
Olov chetiga qoʻyilgan qora qumgʻon shaqillab qaynab toshdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Vali aka yetilgan, u yer-bu yerda chanoqlardan toshib chiqib toʻkilgan oppoq paxtalarga shukronalik bilan qarab qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
togʻoradan toshib chiqqan xamir singari tizzalariga oqib tushgan kattakon qorni M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Joʻsh urmoq, oshib ketmoq.
-
Gʻazabi toshdi.
-
Toʻlamat polvonning koʻzlari chaqnab, gʻayrati toshib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Sevinchim toshardi qalbimga toʻlib Yo. Mirzo
4. koʻchma Tutaqishmoq, qizishmoq.
-
Erimdan oʻqishga rozilik berishini iltimos qildim. Oʻsha paytda Ergash akamning tepa sochi tik boʻlib birpasda koʻpirib toshdi-ketdi. B. Fayziyev, Oydin kechada
5. Badanda paydo boʻlmoq, yuzaga tepmoq, chiqmoq.
-
Bolaning badaniga qizamiq toshibdi.
-
Lablariga toshgan uchuq hali rostmana qaytmagan boʻlsa-da, isitmasi pasaygan edi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
-
Nariga tarafda oʻtirgan bir semiz kishining rangida qon qolmadi, oppoq oqarib, yuzlariga ter toshib ketdi. N. Fozilov, Diydor
tosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oshib toshmoq
-
Gulnor uyni yigʻishtirar ekan: Boyning feʼli yaxshilanibdi, ilgari ziqna edi Boyligi oshib toshib ketdi, derdi dadam deb oʻyladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Toʻlib toshmoq
-
Hasrat-la toʻlib toshgan Ularning siniq jomi. Gʻayratiy
-
Oʻrmonjon xoʻp ham toʻlib toshib yurgan ekan, yuragini rosa boʻshatdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qoʻlyozmada xatolar toʻlib-toshib yotibdi.
Yuragi (yoki ichi) toshdi
-
Tojiboy taajjubda qolib, boshini likillatdi: — Bir oʻzingiz-a? Yopiray! Miyangiz achib, yuragingiz toshib ketmaydimi? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mening imillaganimni koʻrib, bolalarning ichi toshib ketdi. H. Nazir, Choʻl havosi
Qaynab toshmoq
-
Japaqning miyasida savollar qaynab toshdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Labiga uchuq toshmoq
-
Bargi zubturumday titrashib, labiga uchuqlar toshib, mirshabning kattasi otidan tushib, qilichini yalangʻochlab, momoning qoshiga bordi. Gulixiromon
-
Paxta terish mashinasi desa, labiga uchun toshadigan baʼzi qaysarlar ham hayrat barmogʻini tishlab qoldi. Mushtum
TOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar