toshbo‘ron
bilan ulashing
1. Koʻchib, bir-birini surib dumalatib, shiddat bilan tushayotgan toshlar oqimi.
-
Shu payt togʻ choʻqqisidan katta bir tosh yumaladi va yoʻlidagi boshqa toshlarni qoʻporib, dahshatli toshboʻron boshlandi. S. Ayniy, Doxunda
2. tarixiy Qadimda aybdor deb hisoblangan kishini koʻkragigacha yerga koʻmib, har yoqdan tosh otib qatl qilish usuli; umuman, har tomondan tosh yogʻdirib jazolash, urish.
-
— Mufti janoblari, qora xalq uni toshboʻron qildirishga qoʻymas Badargʻa qilmoq kerak, badargʻa! — dedi qozikalon. J. Sharipov, Xorazm
-
Oʻlgan, yarador boʻlganlarga qaramay, qoʻzgʻolonchilar katta suron bilan ilgari otilib, toshboʻronni kuchaytirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
TOSHBO‘RON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОШБЎРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TOSHBO‘RON so‘ziga berilgan ma’nolar
toshbo‘ron so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
toshbo‘ron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar