uzan
bilan ulashing
1. Butun boʻyi (gavdasi) bilan choʻzilmoq, choʻzilib yotmoq.
-
Buni payqagan Otabek, xanjarini qinidan chiqarib, qoʻliga ushlagach, yuztuban yerga uzandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gilamga uzanib, boshini qoʻllari ustiga qoʻydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Biror narsani olish uchun intilmoq, qoʻl choʻzmoq; choʻzilmoq.
-
Koʻzlari yorishib ketdi, lablarini yalab, miltiqqa uzandi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Tilov uzanib, karavotdan paryostiq oldi-yu, Jamshidga yalt qaradi. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi
3. aynan Uzaymoq, choʻzilmoq.
-
Toʻxtamadi zamon daryosi, Kunlar ortdi, uzandi boʻyim. M. Shayxzoda
UZAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan UZAN so‘ziga berilgan ma’nolar
uzan so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
uzan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing