uzat
bilan ulashing
1. Qoʻlidagi biror narsani boshqa bir shaxsga bermoq, qoʻl choʻzib tutqizmoq, birovga tutmoq.
-
Choy uzatmoq. Gul uzatmoq.
-
Raʼno kitobni sekingina yopib, Anvarga uzatdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Tamila unga soʻrgʻich kiygizilgan sutli shishani uzatdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yuzini roʻmol bilan toʻsgan bir ayol derazadan osh uzatdi. S. Ahmad, Hukm
2. koʻchma s.t. Pora (pora tarzidagi narsa) bermoq.
-
Unga biror narsa uzatmasangiz, ishingiz bitmaydi.
3. Biror tomonga yoʻnaltirmoq, choʻzmoq, yozmoq; rostlamoq (oyoqni, qoʻlni).
-
Sherali dum-dumaloq qoʻlini Karimga uzatdi. S. Karomatov, Oltin qum. U ikkala oyogʻini uza-tib, oʻzini uyqu ixtiyoriga topshirdi. F. Musajonov, Himmat
4. sprt. Irgʻitib, tepib, ikkinchi oʻyinchiga oʻtkazmoq, yetkazib bermoq; oshirmoq (toʻp, shayba va shu kabilarni).
-
bir-birlarining qarshi hujumlarini mustahkamlab, toʻpni qisqa va aniq uzatib oʻynar edilar. Gazetadan
5. Maʼlum joygacha birgalashib bormoq, kuzatmoq.
-
Uni elektr chiroqli stolba tagigacha uzatib, soʻng xayrlashdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Usta Olim Otabekni koʻchagacha uzatib chiqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Biror manzilga yoʻllamoq, joʻnatmoq.
-
Ona bugun uzatadi oʻz oʻgʻlini frontga. H. Olimjon
-
Mengboy tanishlarini uzatdi, yana Gʻaffor bilan bufetga qaytib kirdi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
7. Yetkazmoq, yetkazib bermoq.
-
Xabarlarni uzatmoq, Elektr tokini uzatmoq.
8. Turmushga chiqarmoq, erga bermoq.
-
Qiz bola ota-onaga omonat, uzatib tinchiy! S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Siz uzatishni xohlamasangiz ham, balki u erga tegishni xohlab qolgandir. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kelin qilsang — yoʻqdan qil, qiz uzatsang — borga qil. Qanotli soʻzlar
uzat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻrpaga qarab oyoq uzatmoq
Oyoq uzatib
-
[Fotima:] Men ham dunyoga umid bilan kelganman, oyogʻimni uzatib oʻtirarmikanman, deb oʻgʻil oʻstirganman. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Pensiyaga chiqib ketib, endi oyoqni uzatib yotaman. Z. Egamberdiyev, K. Xolmuhamedov, Qari bilganni — pari bilmas
Qayoqqa uzatsa, qoʻli yetadi yoki qoʻlini qayoqqa uzatsa, yetadi
-
[Zuhra:]
-
Kimga gapirsang, gaping oʻtadi; qayoqqa uzatsang, qoʻling yetadi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
UZAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar