vang‘illa
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Yaxshi yoʻlga tushib ketmoq, yurishib ketmoq.
-
Mana shundaylari topildi-yu, uning ishi yana vangʻillab ketdi. A. Muhiddin, Oʻtniki oʻtga, suvniki suvga
2. Shovqinli, yoqimsiz baland ovoz chiqarmoq (harakatdagi narsalar haqida).
-
Tramvay vangʻillab ketayotir. Samolyot vangʻillab uchib yuribdi.
-
Devorga — mixga ilib qoʻyilgan kichkina radio birdan vangʻillab gapirib yubordi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Xuddi shu payt pastda, qasrning ichida, nimadir portlab, boʻsh xonalar vangʻillab ketdi. O. Yoqubov, Izlayman
VANG‘ILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАНҒИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vang‘illa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar