vaʼda
bilan ulashing
Nimadir qilish-qilmaslikka berilgan soʻz.
-
Quruq vaʼda.
-
Vaʼda oson, lekin gap vaʼdaga vafoda. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Toʻqsonov joʻnayotganida, muallimni almash-tirish toʻgʻrisidagi vaʼdasi bilan Tojiboyni qattiq ishontirib ketgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻrmonjonga, Boʻtaboyga, Kanizakka koʻpdan-koʻp salom aytdi va Qoʻshchinor ga shu hafta ichi, yaʼni vaʼdasidan burunroq borishini aytdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
vaʼda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vaʼda bermoq
-
Gʻulomjon kechqurun kelishga vaʼda berib, Olga Petrovna bilan chiqib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Vaʼda olmoq
-
[Yusufbek hoji Zaynabga:] Juda toʻgʻri gapirding, bolam, sendan olgan vaʼdani undan [Kumushdan] ham olamiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Vaʼda qilmoq
-
Xafa boʻlmang, opa, men uni unutishga vaʼda berolmayman. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Fotima vaʼda qilingan gapni kutar, Elmurod esa, nimadan, qanday boshlashni bilmay, muvofiqroq soʻz qidirar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Vaʼdaga vafo qilmoq
Vaʼdani buzmoq
Vaʼdaning ustidan chiqmoq
-
Vaʼdamizning ustidan chiqmasak, hamqishloqlarga qaysi yuz bilan qaraymiz. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
VAʼDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЪДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vaʼda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar