vabo
bilan ulashing
1. Organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan biri.
-
Ochlik orqasidan vabo keldi. Och, bir burda nonga muhtoj, qip-yalangʻoch boʻlib qolgan xalq bittalab, oʻntalab emas, yuztalab, qishloqlab oʻla boshladi. S. Ayniy, Qullar
-
Shaharni bosib olgan moʻgʻullar ham vabodan qirila-yotgan ekanlar. M. Osim, Karvon yoʻllarida
2. koʻchma Oʻz amali, natijasi bilan vaboga teng narsaga nisbatan qoʻllanadi, narsani vaboga tenglab ifodalaydi.
-
Urush! Insoniyat boshiga qanday musibatlar solmadi bu laʼnati vabo. M. Samadov, Karim partizan
-
XXasr vabosi — SPID bilan kasallanganlar paydo boʻlibdi. Gazetadan
3. koʻchma ayn. 3 epidemiya.
-
Buxoro va shofirkonliklar hikoya qilishadi: Abu Ali ibn Sino odamning madorini ketkazib, oʻlimga olib boradigan rishta vabosiga qarshi tadbir izlashga uringan. Tuygʻun, Yillar va kishilar
VABO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАБО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vabo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar