vatan
bilan ulashing
1. Kishining tugʻilib oʻsgan oʻlkasi, shahri yoki qishlogʻi; yurt, diyor.
-
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni. Maqol
-
U [Bektemir] uzoq vatani, ota-onasi, sermehnat, sertashvish, hamma vaqt bolalarning qiy-chuvi bilan toʻlgan katta oilani eslardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Tugʻilgan vatanim — shu Oʻzbekiston. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli
2. Kishi tugʻilib oʻsgan va oʻzini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat; ona yurt.
-
Ona vatan. Ulugʻ vatan.
-
Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan oʻlchanadi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Turarjoy, boshpana, maskan, uy.
-
Yoshi yigirma beshni qoraladi. Lekin boshida na boʻyradek vatani bor, na jonida halovati. S. Siyoyev, Avaz
-
Tiktepada turadigan vatani yoʻq, otasidan qolgan choldevor buzilib, yorilib ketgan. A. Qodiriy, Obid ketmon
4. Oʻsimlik va shu kabilarning asli kelib chiqqan yerini bildiradi.
-
Uy limoni — rutagullilar oilasiga mansub, doim yashil subtropik oʻsimlik. Vatani — Xitoy, Yaponiya, Sharqiy Hindiston. Uy-roʻzgʻor ensiklopediyasi
vatan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vatan qilmoq
-
Taqdir qilingan joyga vatan qilamiz, Ajal yetgan joyda bir kun oʻlamiz. Yusuf va Ahmad
-
Andijondan Mirzachoʻlga kelib, choʻlni vatan qilgan, gʻoʻzani oʻz farzandi bilgan Gʻanisher Yunusov nomini xalqimiz bir umr yodda saqlaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
VATAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАТАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vatan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar