vasvasa
bilan ulashing
1. Odamda gʻayritabiiy xayollar, gʻoyalar paydo boʻlishi, fikrlash va faraz qilish faoliyatining buzilishi, shunday ruhiy holat.
-
Urush vasvasasi.
-
Gʻulomjon sevgi vasvasasiga uchganini, shaʼniga yarashmagan qiliq qilganini endi angladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Odam vasvasaga tushsa, yomon boʻlarkan. Yoshlik
2. Kishini yoʻldan ozdiradigan gap, xatti-harakat, igʻvo va shu kabilar
-
[Yusufbek hoji Otabekka:] Qayin otangdan, meni quvladi, deb koʻngling olinmasin, chunki bu bechora ham bir shaytonning vasvasasi bilan bu xatoga tushgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ey ulugʻ shoh, bu yoʻldan qayt, shaytonning vasvasasiga uchma, keyin pushaymon boʻlib yurma Oltin beshik
3. Vahimali, gʻulgʻulaga soluvchi oʻy-fikr, xayollar, shunday oʻy-fikr, xayolli holat.
-
Dilingizdagi vasvasalarni haydang K. Yashin, Hamza
-
Doimo umidim bardam boʻlsa ham, Baʼzan vasvasalar bosar dilimni. Gʻ, Gʻulom
4. kam qoʻll. Ayn. vasvos.
-
Nega vasvasa deysan meni, Berdi? I. Rahim, Ixlos
VASVASA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАСВАСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vasvasa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar