vayron
bilan ulashing
1. Buzilib, qulab, xarobaga aylangan (uy-joy, imorat va boshqalar qurilmalar, qurilmali joylar haqida).
-
Uch kundan keyin, ular kelganda, qishloq vayron boʻlgan, baʼzi binolari hamon buruqsab yonardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bir qultum suv uchun xonasi vayron, Qishlogʻin tark etib, adashardi el. Gʻayratiy
-
Yogʻdi toʻrt yondin asrlar Boshingga tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, oʻzbegim. E. Vohidov, Oʻzbegim
2. koʻchma Umuman, buzilgan, singan va boshqalar jihatdan yaroqsiz holdagi narsa haqida.
-
Ust-boshi vayron, yuz-koʻzlari qon sochlari toʻzgʻib ketgan Shahzodaxon tongotarga yaqin gʻit etib eshikni ochib, hovliga chiqib, boʻlib oʻtgan dahshatli hodisadan uydagilarni xabardor qildi. K. Yashin, Hamza
-
Zulm-u istibdod ila millatni vayron etdingiz. Avaz
-
Ayroningdan bermasang, Qozonlaring vayrondir. Boychechak
vayron soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli (yoki qalbi, dili) vayron
-
Xususan, yaqinda eshitgan xunuk bir xabarni xotirlab, Avazning koʻngli vayron boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Vayron diling boʻlgʻusi bir lutf ila obod. Guldasta
VAYRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЙРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vayron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar