vayrona
bilan ulashing
1. ot Vayron boʻlgan joy; xaroba.
-
Quzgʻunning sevgani faqat vayrona Mirtemir
-
Sanobarxon zoʻr qiyinchilik bilan joyidan qoʻzgʻaldi. Vayrona, kultepaga aylangan boshpanasini tashlab ketish ogʻir musibat edi unga. S. Zunnunova
-
Doʻst bilan obod uying, gar boʻlsa u vayrona ham. E. Vohidov
2. sft. q. 2 vayron.
-
Gʻulomjon huvullab, oʻti soʻnib qolgan vayrona xonada bir zum gangib turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Kambagʻallarning oʻgʻil-qizlari ota-onalariga hayitga ust-bosh qilib bering, deb yigʻlar, ota-onalarning vayrona koʻnglini yana buzishar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
VAYRONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЙРОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vayrona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar