viloyat
bilan ulashing
1. tarixiy Mamlakatning poytaxtdan yiroqdagi chekka oʻlkasi.
-
Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulugʻbek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihat-u obod boʻlsa P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. eskirgan Umuman, mamlakat, oʻlka, yurt.
-
Qadimdan lojuvard, laʼl va boshqa qimmatbaho toshlari bilan mashhur boʻlgan Badaxshon viloyatida [Afgʻonistonda] ham geologlar yangi konlarni aniqladilar. Fan va turmush
-
Ota, Chambil derlar viloyatingni Hasanxon
-
Xuddi oʻsha yili Shimoliy Hindiston hokimi Akbar tobeligidagi Markaziy Hindiston viloyatiga elchilar yuboradi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Senda koʻpdir, oʻgʻlim, aql-u farosat, Oxir senikidir taxt-u viloyat. Erali va Sherali
3. eskirgan Shahardan chekka joy(lar).
-
Kezib shahr-u viloyat, koʻbakoʻyin darbadar koʻrdim. Uvaysiy.
4. Mamlakatning bir va undan ortiq shaharlarini ham oʻz ichiga oladigan yirik maʼmuriy-hududiy boʻlinma.
-
Toshkent viloyati. Navoiy viloyati. Qashqadaryo viloyati.
-
Andijon viloyati paxtakorlari bu yilgi rejani muddatidan ilgari amalga oshirdilar. Gazetadan
VILOYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВИЛОЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
VILOYAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan VILOYAT so‘ziga berilgan ma’nolar
viloyat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
viloyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing