voy
bilan ulashing
1. Qattiq ogʻriq, alam tuygʻusini ifodalaydi.
-
Men uning qoʻlini qattiqroq qisdim. Mahbuba voy deb yubordi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat
-
Uring, Oʻrmonjon aka! Soʻying! Qonim oyogʻingizga toʻkilsin. Voy desam, inson emasman! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Hayajon, qoʻrquv va, aksincha, sevinch, hayrat, taajjub kabi his-tuygʻularni ifodalaydi.
-
— Bu nima? Voy, qulogʻingiz orqasi ham ozgina qonabdi, — dedi Gulnor qoʻrqib [Yoʻlchiga]. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Voy shaytonlar, rosa oʻxshatibdi! dedi-da, jimgina tomoshaga berildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kechqurun koʻcha eshigi taqilladi-yu, kampirning Voy oʻrgilay! Voy, girgitton degan tovushi eshitildi. Hayal oʻtmay eshikdan Samandarov kirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
voy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oxiri voy
-
Vaʼdabozlik, yolgʻonchilik, koʻzboʻyamachilikning ham umri qisqa, oxiri voy! Mushtum
Holiga voy
-
Yigʻidan koʻzlari, qovoqlari qizarib shishgan Shoqosim yetib keldi: — Vafot qildi jonkashim, dardkashim. Hozir qoʻlimda jon berdi. Holimga voy! Oybek, Tanlangan asarlar
VOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
voy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar