xohla
bilan ulashing
1. Biror narsaga oʻzida ehtiyoj sezmoq, unga erishishni istamoq.
-
Meʼmorni oʻz holiga qoʻyib berish kerak. U shuni xohlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Nasibaning oʻzi oʻqishni xohlamasa, hech kimga gap tegmaydi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Yoshi ortib borayotgan har bir qiz, har bir juvon singari Toʻraxon bola koʻrishni xohlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Oʻz xohishi bilan tanlamoq, rozi boʻlmoq (qiz yoki yigit haqida).
-
[Ona qiziga:} Unga yoʻq deysan, bunga yoʻq deysan, kimni xohlaysan oʻzi? Yo bironta bilan gap berib yuribsanmi? Yoshlik
-
Men Azimjon akamni xohladim, yaxshi koʻraman, tegmasam oʻlaman degani yolgʻon ekan-da? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
xohla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xudo xohlasa
-
Xudo xohlasa, oʻzingiz yor-yor aytib, goʻshangaga oʻzingiz olib kirasiz. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
XOHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОҲЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xohla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar