xor
bilan ulashing
1. Beeʼtibor; kamsitilgan, tahqirlangan.
-
Ochman! Yalangʻochman! Xorman! Siz u deb soʻkasiz, bu deb soʻkasiz, bas-da shuncha xoʻrlanganim! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Nochor ahvolga tushgan; gʻoyat qashshoq.
-
Hunar — zar, hunarsiz — xor. Maqol
-
Hunarli el xor boʻlmas. Maqol
3. Beqadr, qimmati tushgan.
-
Bozorda mevalar xor.
xor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xor boʻlmoq
-
[Muqimiy:] Haqiqat istaganlar boʻldilar xor, Kimiki muttahamdur, yurtga sarkor. S. Abdulla, Ota va oʻgʻil
Xor qilmoq (yoki tutmoq)
-
Bu uch bolani Nodira xor qilib qoʻyishni istamasa ham, erining faqirligi bunga mone edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
[Oʻzbek oyim Zaynabga:] Kelinni xor tutar ekan, demasinlar, sen ham oʻzingni tuzat! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
kitobiy Gul tikani.
-
Gul deb sanchib edim boshimga, Quruq tikan, xor ekanin bilmadim. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli.
1. Vokal ashulalarni birgalikda ijro etuvchi, 12 kishidan ortiq boʻlgan ashulachilar jamoasi.
-
Xor ansambli. Xor ijrochilari.
2. Shunday jamoa ijrosi uchun yozilgan koʻp ovozli musiqa asari.
-
Toʻxtasin aka ularga [havaskorlarga] yangi yozilgan xor va laparlar oʻrgatar edi. S. Abdulla, Xalq bastakori
XOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar