yasa
bilan ulashing
1. Ish-faoliyat, oʻyin va shu kabilarga oid narsa (qurol, buyum kabilar) tayyorlamoq, ishlamoq.
-
Hushtak yasamoq. Arava yasamoq. Dutor yasamoq. Tandir yasamoq. Ket-mon yasamoq.
-
Sizlar uchun yasadik jajji uychalar. I. Muslim
-
Dehqonchilik mashinalarin bu yasab, Poʻlatga zoʻrlik qib, yoʻlga soladi. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli
-
Oʻroz oʻzi yasagan kichkina doʻmbirasini chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bobojonim qoʻgʻirchoqlar yasab berardi X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. aynan Tuzamoq.
-
Sholcha ustiga esa koʻrpachalarni solib, dasturxon tuzabdi. Ertaklar
-
Jondor vagonchi shu uyga yopishgan ikkinchi bir kichik uydan patnis yasab chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Hosil qilmoq (koʻrinish, shakl va shu kabilar haqida).
-
Yuksak daraxtlarning uchlari quchoqlashib, muazzam yashil chodir yasagan. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Katta maydonda yuz-lab aravalar davra yasagan. T. Obidov, Yusufjon qiziq
4. Bezatmoq, yasantirmoq.
-
Nima uchun ham-ma yoqni palaklar, soʻzanalar bilan yasamadinglar? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. so‘zlashuv tili Pishirmoq, tayyorlamoq.
-
Kurkadan ikkitasini soʻy, bir kobili qilib dimlama yasa. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Lolaxon, boplab bitta palov yasay qol. S. Zunnunova, Yangi direktor
6. s.t. kam qoʻll. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan ish-harakatni qilmoq, amalga oshirmoq maʼnosini bildiradi.
-
Bu hodisa oʻzbek xalqi hayotida tub burilish yasadi.
-
Choʻlga qarshi bir ataka yasaylik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kumush goʻyo Zaynab ustiga hujum yasaydigandek hurpaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
7. so‘zlashuv tili Gap-soʻz va shu kabilar bilan boplamoq, adabini bermoq.
-
Quruq aravani olib qochavergan edi, koʻpchilik oldida rosa yasadi. Yoshlik
yasa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pashshadan fil yasamoq
Yakun yasamoq
YASA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yasa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar