yasama
bilan ulashing
1. Qoʻlda yasalgan; xonaki.
-
Yasama pichoqcha. Yasama radiopriyomnik. Yasama stol.
2. Asli oʻziniki emas, tayyorlangan; notabiiy, sunʼiy.
-
Yasama tish.
-
— Sizga bir ogʻiz soʻz aytib qoʻyishimni buyurdilar, — dedi yasama soqol-moʻylov yopishtirib olgan Qora Qoplon K. Yashin, Hamza
3. Haqiqiy boʻlmagan; gʻayritabiiy.
-
Yasama kulgi. Yasama noz. Yasama tabassum.
-
Boya juda samimiy tuyulgan xushchaqchaqligi esa endi qandaydir yasama boʻlib koʻrindi Jabborga. O. Yoqubov, Uchrashuv
-
Bularning hammasi uquvsiz yosh artist tomonidan birinchi martaba birinchi repetitsiyada bajarilgan rolday yasama chiqdi. A. Qahhor, Sarob
-
Asarning yasama syujeti, sunʼiy tili Nabijonni ranjitdi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
4. aynan Qalbaki.
-
Gazetalarimiz balandparvoz, sunʼiy va yasama materiallarga mutlaqo oʻrin bermasliklari zarur. Gazetadan
-
yigʻilishlarning hammasini oʻtkazish mumkin boʻlmaganligi uchun, yasama qarorlar yozib qoʻyish bilangina cheklanilmoqda. Gazetadan
5. tilshunoslik Yasovchi qoʻshimchalar vositasida hosil qilingan, yasalgan.
-
Yasama ot. Yasama sifat. Yasama ravish. Yasama feʼl.
-
Sodda terminlar oʻz oʻrni bilan ikkiga boʻlinadi: tub va yasama terminlar. OʻTA
YASAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯСАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yasama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar