yech
bilan ulashing
1. Bogʻichini, bogʻini yozmoq, boʻshatmoq.
-
Belbogʻni yechmoq.
-
Chiy eshikning bogʻichini yechib koʻtarganida, ingrash yana eshitildi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Havo hali isimagan boʻlsa ham, xomsemiz hokim formasining koʻkrak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tutindi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Oʻrimini yozmoq.
-
U [Kumush) bu kechasi koʻrgan baʼzi tushlarini Ota-bekning bu kun kelishiga yoʻydi-da, ertalabdan turib, sochlarini yechdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Kiyilgan kiyimni joyidan, egnidan olmoq.
-
Toʻnni yechmoq. Koʻylakni yechmoq. Etikni yechmoq.
-
Malla kishi yangi buzi kavushini dahlizda yechib, chap yoqdagi kattakon xonaga kirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Koʻprik ustida baland poshnali tuflisini yechib olgan bir ayol mashinaga qoʻl koʻtardi. S. Ahmad, Ufq
-
Nasiba uning noskisini yecha boshladi, A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
4. Qoʻyilgan, solingan, bogʻlangan nar-sani olmoq, undan xoli qilmoq, boʻshatmoq.
-
Uchinchi aravaga ortib olingan bedadan tashlab, egar-jabduqlarini, yuganlarini yechib qoʻyishdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Saldan keyin eshakday keladigan ikki itini yechib yubordi. S. Siyoyev, Avaz
5. Matematik misol, masala kabilarni ishlamoq, yechimi (javobi)ni topmoq, belgilamoq.
-
ikki bola: biri qiz, biri yigitcha masala yechish bilan ovora. A. Muxtor, Chinor
6. koʻchma Maʼnosini ochib bermoq, yechimini belgilamoq; hal qilmoq.
-
Shayboniyxon bu tugunni ham sulton va aʼyonlarga yoqadigan bir ustalik bilan yechganidan koʻpchilik mamnun edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Bu muammoni keksa bir jangchi yechib berdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Ammo qanchalik mushkul ish boʻlmasin, jumboqni yechamiz. S. Karomatov, Oltin qum
YECH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan YECH so‘ziga berilgan ma’nolar
yech so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yech so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar