yo‘rg‘ala
bilan ulashing
1. Yoʻrgʻa yurish qilmoq (ot, eshak haqida).
-
Abdusamad amakining orqasiga mingashib oldim. Ot yoʻrgʻalab ketdi. M. Mansurov, Yombi
-
Tagimdagi qashqa doʻnon bir meʼyorda yoʻrgʻalaydi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
2. Umuman, mayda va tez qadam bilan yurmoq.
-
Buxgalter soʻridan tushib, toʻy boʻlayotgan hovli tomon yoʻrgʻaladi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Shunday yoʻgʻon boʻlishiga qara-may, bedanaday yoʻrgʻaladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. koʻchma Narsaning biror sath uzra tez harakatiga nisbatan qoʻllanadi.
-
Qalami yoʻrgʻalagan sari, yumaloq yuzi xiyol yorishib, qiyiq koʻzlari pirpirar edi. M. Osim, Sehrli soʻz
-
[Munisning] Oq barmoqlari klavishlar usti-da yoʻrgʻalab, uning yurak soʻzlarini kuyga koʻchirar edi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
4. Yengil harakat, mayda qadamlar bilan oʻyinga, raqsga tushmoq.
-
Oʻyinchi yigit chetga chiqishi bilan kipriklariga surma qoʻygan bir juvon oʻrtaga chiqib yoʻrgʻalay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Xolmat:] Goʻzallarning goʻzali! Endi ikkitagina xursandchilik qilamiz-da. Bir yoʻrgʻalab berasiz-da! Hamza, Boy ila xizmatchi
YO‘RG‘ALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎРҒАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘rg‘ala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar