yo‘sin
bilan ulashing
1. kam qoʻll. 1 Holat, tarz.
-
Shakarning yoʻsini oʻzgarmagan, uncha-muncha gap, nasihat bakor kelmasligi koʻrinib turibdi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
2. koʻm. vzf. Oʻxshatish, qiyos maʼnosini bildiradi.
-
Otabekning Margʻilonga borib kelishi shu yoʻsinda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Soʻngra [qizcha] oʻz ishidan minnatdor yoʻsinda qora koʻzlarini atrofga bir javdiratib oldi-da, tez chiqib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Shu yoʻsin qizlar oʻzlarining bir oʻrtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Zax yerlarda, tosh, daraxtlar ustida oʻsadigan ildizsiz mayda oʻsimlik, mox.
-
Tosh ustini yoʻsin qoplabdi.
-
Chelakni toʻldirib, qaddini rostladi. Qum, suvdan yoʻsin, yod hidi kelardi. S. Nurov, Narvon
YO‘SIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎСИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘sin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar