yosh
bilan ulashing
1. Qattiq ogʻriq, qaygʻu yoki kuchli sevinch-shodlik va shu kabilar natijasida yosh bezlaridan ajralib chiqadigan tiniq shoʻr suyuqlik.
-
Chin koʻngildan yigʻlasang, soʻqir koʻzdan yosh kelar. Maqol
-
Hayotning oʻng yonogʻiga bir tomchi issiq yosh toʻkildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Bas, Oʻroz, koʻzimni koʻr qildi tutun, — Yoʻlchi yum-yum yosh toʻkib, achishgan koʻzlarini ishqalab, turtina-tur-tina, eshikni tepib ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kelar yoʻling supuray sochim bilan, Changi chiqsa, suv sepay yoshim bilan. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
2. koʻchma Yigʻi; nola.
-
Zolim boylar mazax qilib kulardi, Rahmi kelmay muhtojlarning yoshiga. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
yosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz yoshi
-
Shakarjon dugonasining yoniga choʻkdi: — Yigʻlama, koʻz yoshidan foyda yoʻq. I. Rahim, Chin muhabbat
Koʻz yoshi qilmoq
Koʻziga yosh olmoq
-
Oftob oyim uni quchoqlab, yuzidan oʻpdi va koʻziga yosh oldi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hamma: birov bilintirib, birov bilintirmay, koʻziga yosh oldi. A. Muxtor, Opa-singillar
Koʻz yoshi(ni) toʻkmoq
-
Zaynab soʻzini bitira olmadi, chetga qarab, koʻz yoshini toʻkdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
1. ot Tugʻilgan vaqtdan boshlab yashab oʻtkazilgan yillar jami; umr uzoqligi.
-
Oʻgʻlim oʻn besh yoshda. Men yigirma besh yoshda uylandim.
-
Oʻttiz besh yoshlarda koʻringan bu goʻzal xotin haram xodimlaridan Gulshan-bonu edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Inson yoki hayvon hayotidagi bosqich, davr, umr.
-
Maktab yoshi. Bogʻcha yoshidagi bola. Oʻrta yosh. Katta yosh.
-
Uchinchi darsda oʻrta yoshlardagi bir qoʻli choʻloq, qirra burun, iyagi choʻziqroq oʻqituvchi uy rasmini solishni oʻrgatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Yil.
-
Endi oʻzim ham yuz yosh umr koʻrishni istayman. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. sifatdosh Qari emas; navqiron.
-
Yosh odam. Yosh juvon. Yosh kelsa — ishga, qari kelsa — oshga. Maqol
-
Yoshdan xato, kattadan uzr. Maqol
-
Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qoʻriqchilarni ogohlantirib borar, miltiq, shashvar tutgan yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarshi olar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qorabuloq qishlogʻidan biri keksa, biri yosh — ikki otliq chiqib kelaverdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mirshablar orasidan uchta yosh bola yorib oʻtib, mingboshining kimxob toʻniga, oyogʻiga osildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bu yerga kolxoz yoshlarining harakati bilan Pastariqdan chigʻir bilan suv oqizildi. I. Rahim, Chin muhabbat
5. sft. koʻchma Yetarli tajribaga ega boʻlmagan, tajribasiz.
-
Yosh yozuvchi. Yosh sanʼatkor.
-
Tabibiy yosh Avazdagi iqtidorni darhol payqadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Gureyevga yosh geologning bu qadar biyron va dadil javobi yoqmadi. S. Karomatov, Oltin qum
6. Yangi tashkil etilgan, yangi shakllangan.
-
Yosh tashkilot. Yosh shahar. Yosh oila.
yosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoshini yashab, oshini oshagan
Yetti yoshdan yetmish yoshgacha
-
— Toʻqsonboy gilamfurush desalar, yetti yoshdan yetmish yoshgacha — barcha jamoat tapir edi, — dedi domla. P. Tursun, Oʻqituvchi
Yoshi yetmagan
-
Rayonga borib, meni frontga olinglar, yoshim yetmagan boʻlsayam boraman deb yalinibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Yoshi oʻtgan (yoki qaytgan, oʻzgan)
-
Hoji akaning yoshi qaytib, koʻngli juda ham boʻshashib ketibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Dastlab yoshi oʻzganlar, soʻngra yosh-u yalanglar chetlanishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
YOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar