yozil
bilan ulashing
1. 1 Yozmoq I 1, 2, 3 feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari.
-
Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oyogʻing yoʻlga tushsak, yozilib ketadi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Gulsapsar, jambillaring yozilgan qat-qat. Gʻayratiy
-
Kun botish tomondan osmonga pushti qizil shuʼla yozilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Xursand boʻlmoq, kayfiyati koʻtarilmoq; charchoqni tarqatmoq, tashvishni yoʻqotmoq, yayramoq.
-
Onaning gina-kudurati saraton yomgʻiridek tez oʻtib boʻlgan edi. U yozilib, qizi bilan ovqatlandi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Ashur Mirzo qizining otini eshitish bilan yozilib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Endi bir shaharga tushib, uch-toʻrt kun yozilib kelsam juda-juda siqilib ketdim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Bemalol oʻtirmoq, oʻzini erkin tutmoq.
-
[Mehri:] Dissertatsiya ham bor boʻlsin. Kelganiga yarim oydan oshdi-yu, yozilibgina bir dam olmabdi! O. Yoqubov, Pyesalar
-
Bemalolroq yozilib oʻtiring! Zap koʻchib keldingiz-da! Sizni zeriktirmaymiz. H. Gʻulom, Mashʼal
4. Tahorat olmoq, boʻshalmoq.
-
Otamurod yozilib kelib, bir haftadan beri birinchi marta paqirdagi quduq suvidan soqol bosib ketgan yuzini pishib-pishib yuvib, bir maza qildi. M. Mansurov, Yombi
yozil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli (yoki yuragi) yozilmoq
-
— Ikki ogʻiz gaplashsa, aqalli oʻzini koʻrsa ham, koʻngli yoziladi-ku, — dedi Sherbek. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yuraging yozil-sin, deb tomoshaga olib kelyapman [dedi Otamirza]. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin
1. Yozmoq II feʼlining majhul va oʻzlik nisbatlari.
-
Xat yozildi. Hikoya yozildi.
-
Anvar qoʻlidagi yozilgan qogʻozni qoʻyib, ikkinchi oq qogʻozni oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Shogird adreslar yoziladigan daftarga imo qildi. T. Ashurov, Oq ot
2. Atalmoq, bagʻishlanmoq.
-
— Sheʼr bizga yozilmay, kimga yozilgan boʻlsin axir, — dedi Joʻraxon. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
— Mana shu ashula siz uchun yozilgan — Alimardonning ovozi negadir titrab ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Aʼzo boʻlmoq, qoʻshilmoq.
-
Boʻtaboy partizan otryadiga koʻngilli boʻlib yozildi. S. Ahmad, Hukm
-
Inobat tavakkal qilib, beruxsat yozilib kelaversinmi mexanizatorlikka? Yoʻq, bu onaning raʼyiga qarshi borish-ku! Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bir emas, oʻn balosi boʻlsa-da, men shirkatga yozilmoqchiman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Bayon qilinmoq, ifodalanmoq.
-
Maqola ommabop, ravon va sodda tilda yozilgan edi. F. Musajonov, Himmat
yozil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Peshonasiga yozilgan
-
U [Yoʻlchi] hali ham kambagʻal “begona qizni yodlar, hali ham uning boshini U kimning qizi? Uni yana bir koʻrish peshonamga yozilganmikan? kabi savollar band qilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
YOZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yozil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar