yoziq
bilan ulashing
eskirgan Ayn. gunoh.
-
Ajalingning yetishi qilgan yozigʻingdan emas, bek akangning qonsirashi! degan gap [Hasanalining] koʻngliga tushar edi-da, beixtiyor uflab yuborar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yozigʻim ne? Oʻzimday bir gʻaribani yaxshi koʻrganimmi? [dedi Matpano]. Yoshlik
-
Bizning xudoga nima yozigʻimiz bor ekan. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
1. Yoyilgan, ochilgan, toʻshalgan.
-
Yoziq palos. Yoziq choyshab.
-
— Dadajon! — deya quvnoq qichqirib Onabibi qarshi chiqdi: uning sochlari yoziq, qoʻllari qurum edi. A. Muxtor, Chinor
2. Keng, enli.
-
Kelib koʻrdim: kengish, yoziq koʻchalar, Kunduzday ravshandir yursak kechalar. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Ravshanxon soʻzlaydi alvon-alvon, yagʻrini yoziq polvon, yuzlari olmaday pishgan, koʻrganning aqli shoshgan. Ravshan
3. aynan Yoyiq 3.
-
Yoziq likopcha. Yoziq savat.
YOZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar