yuzma-yuz
bilan ulashing
1. ravish
-
-
Unga yuzma-yuz kelib, bunday qoʻrs, bunday ters gaplarni hech vaqt aytgan emas edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ular stolning ikki tomonida bir-birlariga yuzma-yuz boʻlib oʻtirdilar. X. Toʻxtaboyev, Shonli avlod
2. Bevosita aloqada, duch holatda; baqamti.
-
Meʼmor bilan yuzma-yuz gaplashmay turib, bunday qarorga kelib boʻlmaydi. Mirmuhsin, Meʼmor.
-
asosiy eʼtibor birinchi marta tarjima bilan yuzma-yuz kelayotgan oliy maktab talabalariga soʻz sanʼatining bu sohasiga oid zarur bilim berishga qaratildi. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
-
Shabon Ochilova kelinchakligidan yaylovda. Tanti, oʻjar tabiat bilan yuzma-yuz yashaydi. Saodat
YUZMA-YUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮЗМА-ЮЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuzma-yuz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar