yuzlan
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsaga yuzini qaratmoq, unga tomon oʻgirilmoq, qaramoq.
-
Normurod Shomurodov qandaydir taraddud bilan mehmonga yuzlandi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Direktor bir necha varaq qogʻozni stol ustiga qoʻyib, zalga yuzlandi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Ham-ma oʻsha tomonga yuzlandi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
2. Roʻbaroʻ (yuzma-yuz) boʻlmoq.
-
Bu lahza uning ketidan kelib, hovlida turgan Nizomiddin bilan Badia Zulfiqorga yuzlanishdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Biror tomonga qarab yurmoq, yoʻl olmoq.
-
Bundan ikki oy ilgari, yigirma besh yoshda [Toʻgʻonbek] Hirotga yuzlandi. Oybek, Navoiy
-
Omadi ketgan nemisning shashti qaytib, sharqdan yuz oʻgirib, gʻarbga tomon yuzlanib ketdi. N. Safarov, Olovli izlar
4. Yuz bermoq, kelib chiqmoq.
-
Men uchun shu kunlarda sozning ovozi eshitilsa bas! Qoʻrqamanki, bexudlik yuzlanmasa! S. Abdulla, Quvgʻinda
YUZLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮЗЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuzlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar