zarg‘aldoq
bilan ulashing
1. ot Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi, qanotlari qoramtir, oʻzi sariq sayroqi qush.
-
— Atrofimizdagi lolaqizgʻaldoqlar, maysa oʻtlar tagida zargʻaldoqlar sayraydi, osmondan soʻfitoʻrgʻaylarning ovozi eshitiladi, — dedi Usmon. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
-
Zargʻaldoqlar chulu-lu deb, tikan shoxlarga bemalol qoʻnadi, sovuqda junjikkandek hurpayib oladi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
2. sifatdosh Toʻq sariq rang, toʻq sariq rangli.
-
Soy boʻyi keta-ketguncha gulzor edi. Bir qator qizil, ikkinchi qator oq, yashil, zangori, sariq, zargʻaldoq rang gullar Saodat
-
Olovli shar kattalashgan sari uning rangi koʻzni koʻr qiluvchi toʻq qirmizi rangdan zargʻaldoq rangga oʻzgarar edi. Gazetadan
zarg‘aldoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zargʻaldoq shaftoli
ZARG‘ALDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРҒАЛДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarg‘aldoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar