zolim
bilan ulashing
1. Zulm qiluvchi, zulmkor, jabr qiluvchi.
-
Ilonning zahri yomon. Zolimning qahri yomon. Maqol
-
Faqat xotinlargina zolim podshoni qargʻab chinqirishar, yigʻlashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Akram hoji savolida davom etdi: — Hokimingiz juda zolim emish, bu toʻgʻri soʻzmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mamlakat parokanda, zolim tojdorlar qon ustiga qon toʻkurlar [dedi Mavlono Fazliddin]. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Rahm-shafqatni bilmaydigan, berahm.
-
Zolim er.
-
Borib ayting oʻshal zolim yigitga, Uning ishqi bu bagʻrimga tutashdi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Berahmlikni, shafqatsizlikni ifodalovchi.
-
Gulsumbibi indamadi, yolgʻiz zolim koʻzlari bilan oʻqraydi-da, ayvonning bir chekkasida, kasal kabi, choʻzilib yotdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Jabr-zulm bilan toʻlib-toshgan, qahrli.
-
U [Yoʻlchi] oʻz singlisini Gulnordan ayirib, uni zolim tanholik quchogʻiga otishni istamaganidan, yana bir necha vaqt Unsinni bu yerda qoldirishga moyil edi. Oybek, Tanlangan asarlar
ZOLIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗОЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zolim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar