adres
bilan ulashing
1. Biror kishi yoki tashkilot oʻrnashgan joy, manzilning nomi va b. belgilari (uy yoki kvartira raqami va h.k.) majmuining qaydi.
-
Institut adresi. Uy adresi.
-
Menga adresingizni bering, kolxozga oʻzim xat yozaman, uyingizdan xabar olishadi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Pochta orqali yuboriladigan narsalar ustidagi ularning boradigan joyi va oluvchining nomi koʻrsatilgan yozuv.
-
Uning [Zamiraning] nomiga gʻalati bir konvert chiqdi: na adresi bor, na markasi va na pochta muhri. P. Qodirov, Uch ildiz
3. (egalik va j.k.da) Nomiga, shaʼniga tegishlilikni bildiradi.
-
Mening adresimga aytilgan barcha gaplarni xalq shaʼniga aytilgan gaplar deb hisoblayman. Oybek, Xalqqa xizmat — baxt
-
Qodirovga berilgan bu aybnoma qoloq, hayotdan uzoqda boʻlgan rahbarlar adresiga aytilgan aybnoma ham edi. Gazetadan
4. Biror tantana munosabati bilan muassasa, tashkilot yoki ayrim shaxs nomiga yuborilgan, odatda, papka va sh.k. narsa ichiga solingan tabriknoma; yodnoma.
adres soʻzi qatnashgan jumlalar:
Adres stoli (yoki byurosi)
ADRES so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АДРЕС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
adres so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar