alda
bilan ulashing
1. Yolgʻon-yashiq gaplar, vaʼdalar bilan laqillatmoq, avramoq.
-
Xalq xalq boʻlib birovni aldagan emas, ammo xalqni aldaganlar boʻlgan, ha, siz bizni aldamasangiz boʻldi, boy, biz sizni aldamaymiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Yaxshi gap, vaʼda va shu kabilar bilan yoʻlga solmoq, koʻndirmoq.
-
Kuyovning qayerda ekanini hech kim bilmaydi. Kelin uyga qamalib olgan — na yolvorganga koʻnadi, na aldaganga. A. Qahhor, Toʻy
3. Yoʻldan urmoq, yoʻldan ozdirmoq.
-
[Xonzoda Jamilaga:] Ey tentak Yuzingni birov koʻrgan bilan yeyilib qoladimi? Shunday qilib akamni aldaysan-da! Hamza, Boy ila xizmatchi
4. Yolgʻon gapirmoq, yolgʻonchilik qilmoq.
-
— Rafiq, nayni kim chaldi? — Yoʻlchi akam. — A! Rostdanmi! Aldama. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Notoʻgʻri tasavvur tugʻdirmoq, chalgʻitmoq.
-
[Musa:] — Sen birovni ham aldama, oʻzingni ham aldama: mana bu yerda darding bor, — dedi-da uning koʻkragiga asta urdi.— Mana bu yerda. P. Tursun, Oʻqituvchi
ALDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЛДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
alda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar