balchiq
bilan ulashing
1. Yogʻingarchilikdan yoki suv bosgandan keyin hosil boʻladigan suyuq, yopishqoq loy.
-
Gavhar balchiqqa tushgani bilan qimmati oʻzgarmas. Maqol
-
Oltin balchiqda ham oltin. Maqol
-
Ustma-ust yoqqan bahor yomgʻirlari yoʻllarni balchiq qilib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Suv havzalari (ariq, daryo, hovuz, koʻllar) tagiga choʻkkan loy qatlami.
-
Bilsangiz, bu hovuzda balchiq yoʻq, Nazar ota. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Qumrini chiqarib olishi bilan Qamchining oʻzi ham balchiqqa botib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. koʻchma Ogʻir sharoit; qiyinchilik.
-
Vaq-ti kelganda, jiyan, doʻstlar qoʻltigʻingga kirib, balchiqdan tortmaydilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Men balchiqda yotgan bir ayolni halollab olib, savob uchun qoʻl choʻzsam, hech boʻlmaganda xudodan qaytar, deb oʻylagandim. K. Yashin, Hamza
4. koʻchma Notoʻgʻri, nomaqbul turmush tarzi; jaholat.
-
Bolalikning musaffo dunyosidan chiqib, balchiqqa botganlar kimlar? Kimlarning farzandlari? UTA
-
Muhiddin mingboshidan tortib qishloq qozilarigacha haftalab shu yerda aysh-ishrat balchigʻiga botib yotishmasmidilar? O. Shams, Dushman
balchiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Balchiqqa qormoq (yoki botirmoq)
-
Raiyat oldida ulamolarni balchiqqa qorib bulgʻash yaxshimi? S. Siyoyev, Avaz
-
Xudo koʻrsatmasin, bir yomonlashga tushsak, urib qulogʻigacha balchiqqa botirib yuboramiz. S. Nurov, Narvoy
BALCHIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛЧИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
balchiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar