balqi
bilan ulashing
1. Yorqin nur sochib jilva qilmoq; nurga toʻlmoq, yarqiramoq.
-
Dala sutdek oydin, Nur qoʻynida balqib yotardi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Quloch yoydi atroflar, Ufq balqidi. A. Muxtor, Asarlar
-
Quchogʻida nur koʻtarib balqimoqda tong. A. Muxtor, Asarlar
2. koʻchma Gullab yashnamoq, gul-gul yashnamoq, ravnaq topmoq.
-
Saodat oyday balqib, yoʻlakda paydo boʻladi. Yoshlik
-
Goʻroʻgʻlibek Hasanxonga qarasa, oyday balqib turibdi. Gulnorpari. Shodlik bilan toʻlsin toʻr-tala ufq, Kulgi bilan balqsin bu qadim jahon. A. Oripov
3. Barq urib koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
-
Komiljonning singlisi Shohida choʻzinchoq yuzli, koʻzlaridan samimiyat balqib turadigan oʻn sakkiz yoshlardagi soʻzamol qiz edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Sulton quvonch porlagan, mehr balqigan koʻzlari bilan Gul-chehrani kuzatar, iliq boqardi. M. Xayrullayev, Hikoyalar
4. koʻchma Roʻyobga chiqmoq, amalga oshmoq, namoyon boʻlmoq.
-
— Yoʻq, otajon! — dedi Shermat, — tinchlikni, hurriyatni, haqiqat oftobining balqib chiqqanini siz ham koʻra-siz! Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Ey zamin, boʻshashma, dadil boʻl, balqi. Gazetadan. Osmon degan nima-yu quyosh degan nimadir? Barchasidan ustunsan, oʻzing yasha, oʻzing balq! Gʻ. Gʻulom
5. koʻchma Oʻziga maftun, rom qilmoq; boʻshashtirib yubormoq.
-
Oydayin barq urar aning jamoli, Odamni balqitar tegsa shamoli, Boysarining shunday qizi bor ekan. Alpomish
6. Yumshoq, mayin holatga kelmoq; boʻshashmoq, koʻpchimoq.
-
Hovli xamirday balqigan, undan yengil bugʻ koʻtariladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Badanlari mumdayin balqib ketdi. Oysuluv
-
yerlar qoʻrgʻoshinday balqib ketgan. Yusuf va Ahmad
BALQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
balqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar