balog‘at
bilan ulashing
1. Jismoniy jihatdan yetilganlik, boligʻlik.
-
Balogʻat yoshi. Balogʻatga yetmoq.
-
Qiziq, balogʻatga yetgan qiz muhabbatni emas, muhabbatning oʻzi uni izlab topadi, deganlari rost ekan. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
-
Naziraning harir koʻylagi badanlariga yopishib, uning balogʻat tarovati yogʻilib turgan bor qomatini koʻz-koʻz etardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. koʻchma Aqliy va maʼnaviy jihatdan yetuklik, kamolot.
-
Hozirgi zamon fani va unga munosabat olimning dunyoqarashi, ideali va maʼnaviy balogʻati bilan chambarchas bogʻliq. Fan va turmush
-
Sapar — balogʻat pallasiga kirib borayotgan ijodkor. Gazetadan
3. koʻchma Notiqlik, soʻzamollik mahorati, sanʼati.
-
Hamza madrasada oʻqib yurgan kezlarida tolibi ilmlarga tafsir, hadis, fiqh, arab tili va adabiyoti, mantiq, balogʻat va shuning kabi diniy hamda dunyoviy fanlardan saboq beradigan xatib va mudarris Safoxon toʻraga ixlos qoʻydi. K. Yashin, Hamza
BALOG‘AT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЛОҒАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
balog‘at so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar