barq
bilan ulashing
poet. Yashin, chaqmoq; yolqin, alanga.
-
Voqealar barq surʼati bilan davom etdi. Oybek, Navoiy
-
Sevgi barq-u otashida oʻrtanishni gʻam demam, Oshiqona bu dilim bebarq-u otash boʻlmasin. E. Vohidov, Muhabbat
barq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barq urmoq
-
Koʻnglida bir zum, bir zumgina barq urib oʻtgan bu nido otiga qamchi bostirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Quyoshdek barq urib chiqsa nigorim, Boqolmasman ketib aql, ixtiyorim. Habibiy
-
Oy tuqqanday, jamollari barq urar, Ne goʻzallar unga boʻlgan xaridor. Murodxon
-
Sunnatning xati oʻziday shoʻx, har jumladan hazil-mutoyiba barq urib turar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
BARQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar