barqaror
bilan ulashing
1. Qaror topgan, qatʼiy, uzil-kesil oʻrnashgan; ustuvor.
-
Istiqlolimiz barqaror boʻlsin.
-
Baxting barqaror boʻlsin. T. Toʻla.
-
Murodxon elga, mehnatkash xalqqa boʻlgan bu gʻamxoʻrlikda izchil va barqaror turadi. Murodxon
2. Hech qanday oʻzgarish taʼsir etmaydigan, doim birdek turadigan; oʻzgarmas.
-
Barqaror valyuta. Hosilning barqaror boʻlishi uchun kurashaylik.
-
Xalqim, sensan ellarga Toʻkin dasturxon tuzgan, Neʼmating oʻzingga ham Barqaror boʻlsin, deyman. A. Oripov
3. Bir yerda oʻrnashib qolgan; muqim.
-
Muharrir ikki yildan beri shu vazifada barqaror ekaniga xursand. A. Qahhor, Sarob
-
Bahor yuzlaringda barqaror. Guldasta
barqaror soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngil barqaror boʻldi
-
Muborak boshlariga humoyun qushi qoʻndi, koʻngillari barqaror boʻldi. Oybek, Navoiy
BARQAROR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРҚАРОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BARQAROR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingBARQAROR so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BARQAROR so‘ziga berilgan ma’nolar
barqaror so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
barqaror so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar