barra
bilan ulashing
1. Yangi tugʻilgan qoʻzichoq.
-
Barra goʻshti.
-
Bir barra qoʻzi bor edi, ota hozir shuni saranjom qilib kirdi. N. Fozilov, Qissalar
2. Yangi tugʻilgan qoʻzining goʻshti.
-
Barra kabob.
-
— Qani, barradan oling, oʻgʻlim, — dedi u ilik uzatib. A. Mirahmedov, Qoʻylar qoʻziladi
3. Qoʻzichoqning jingalak junli terisi; qorakoʻl.
-
Barra poʻstin. Barra yoqa.
-
Usubalining serbar telpak ostidagi kallasi barra poʻstin ichiga kirib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Munavvarning oʻrniga yoqasiga koʻk barra tutilgan qishlik paltodagi juvon javob berdi. S. Anorboyev, Mehr
4. koʻchma Yangi unib, oʻsib chiqqan, yosh, mayin; dirkillama.
-
Barra oʻtlar. Barra piyoz. Barra beda. Barra barg. Barra bodring.
-
Gullay ber, shaftolim, qantak oʻrigim, koʻkarib oʻsa ber, barra oʻt, maysam. S. Akbariy, Mehrigiyo
-
Suv boʻyida yam-yashil barra koʻkatlar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Soʻngra hovlida koʻkarib turgan barra piyozdan ham bir bogʻ yulib chiqdi-yu, uyga kirib ketdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Akbarali barra moʻylovini ikki yonga ustma-ust siladi. R. Rahmonov, Dovrugʻ
BARRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar