batareya
bilan ulashing
1. Bir necha tup, zambarak yoki minomyot bilan qurollangan artilleriya boʻlinmasi.
-
Minomyotlar batareyasi. Zenit batareyasi. Batareya komandiri.
-
Tepalikdagi batareya oʻt ochishi bilan bir tank tutab, keyin yonib ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Bir necha toʻp, zambarak yoki minomyot joylashgan istehkom.
-
Tepalikning choʻqqisida tankka qarshi otadigan batareya pala-partish oʻq uzar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Tanklarimiz dushmanning oldingi okoplaridan oʻtib, tankka qarshi otadigan batareyani toʻpga tuta boshladi. A. Qahhor, Asarlar
3. fizika Oʻzaro biriktirilgan bir necha galvanik element, akkumulyator, kondensatorlardan iborat qurilma.
-
Akkumulyatorlar batareyasi. Choʻntak fonarining batareyasi.
-
Batareya yoʻq, batareya boʻlsa, radiolani ham ishga solardik. I. Rahim, Ixlos
-
Choʻlquvarlar batareya izlab, uzoq shahar va rayon markazlariga qatnamoqdalar. Gazetadan
4. tex. Bir turdagi bir necha element birikmasidan iborat boʻlgan qurilma.
-
Isitish sistemasining batareyasi.
-
Yetti yil mobaynida eng katta domnalar, koks batareyalari, prokat stanlari qurildi. Gazetadan
5. kimyo. Batareya – birgalikda ishlash uchun maʼlum sistemada birlashtirilgan bir xil asboblar, inshootlar, yoki qurilmalar. Masalan, koks olish uchun toshkoʻmirni quruq haydaydigan pechlar qatori – koks batareyasi; ichida sovituvchi agent bugʻlanadigan yoki sovitish eritmasi oqadigan qirrali yoxud tekis trubalar – sovituvchi batareya. Batareyalarning samaradorligini tashkil qiluvchi elementlarning soniga proporsional boʻladi.
BATAREYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАТАРЕЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
batareya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar