bor-yo‘g‘i
bilan ulashing
1. Bisotida, ixtiyorida boʻlgan hamma narsa; boylik, bud-shud.
-
Qumda talanib, bor-yoʻgʻidan ajralgan kichik karvon sochilgan narsalarni yigʻib, otlarni egarlab, aravalarga qoʻshishga hozirlik koʻrdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bechoraning bor-yoʻgʻi, peshonasidagi bolasi shu — bizning kelinimiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2.
-
Maqol
-
Qancha elat Boysundan ketdi. Shuncha vaqtdan beri bor-yoʻgʻi maʼlum boʻlmay yotgan Yodgor
3. Hammasi boʻlib; atigi, faqat.
-
Ha, darvoqe, choʻpon-choʻliqlar qishlogʻi bor-yoʻgʻi oʻn ikki xonadonli qishloq. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Tomonlarning kelishuviga muvofiq, bor-yoʻgʻi olti partiya oʻynalishi kerak edi. Guldasta
-
Biz bor-yoʻgʻi uch jonmiz, uch kosa yetadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
BOR-YO‘G‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОР-ЙЎҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bor-yo‘g‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing