bordi-keldi
bilan ulashing
1. Bir-birinikiga borib-kelib turish, borish-kelish, oʻzaro yaqin aloqa.
-
Keyin-keyin oilaviy bordi-keldiga ham oʻtdilar, eski ginalar unut boʻldi. E. Aʼzamov, Javob
-
Ikki tomon — ota-onalarimiz orasida bordi-keldi boshlanib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻsha vaqtlarda Zokir Faridani unutish uchun Lola bilan bordi-keldi qila boshlagan edi. Ochil buni koʻrib, tutab ketdi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Biror manzilga borib, undan qaytib kelishgacha boʻlgan masofa.
-
Hozir boramiz, bordi-keldisi mashinada bir yarim soatlik yoʻl. A. Qahhor, Asarlar
3. koʻchma Turmushda uchrab turadigan mayda-chuyda, ikir-chikir tashvishlar, mashaqqatlar.
-
Ergash hali goʻdak edi, dunyoning bordi-keldisini bilmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yunusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay, chidab kelardi. S. Ahmad, Ufq
BORDI-KELDI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОРДИ-КЕЛДИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bordi-keldi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar