buloq
bilan ulashing
1. Yer ostidan otilib, qaynab chiquvchi suv va shunday suv chiqib turgan joy, chashma.
-
Issiq buloq. Buloq suvi. Soʻzning onasi — quloq, suvning onasi — buloq. Maqol
-
Buloq boʻyida joy qilishibdi. Dasturxon usti noz-neʼmatga toʻla. Saodat
-
Maxsum choʻqqining shunday biqinidan qaynab chiqayotgan buloqda yuvindi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma poet. Boy manba.
-
Ijod bulogʻi. Onaning qalbi — mehr bulogʻi. Maqol
-
Ijod, nashʼa kundan-kun ziyod, Yoʻqdir orzu bulogʻiga band! Gazetadan
-
Folklor xalq dahosining tuganmas bulogʻi boʻlib, yozma adabiyot har doim undan bahra topib keladi. OʻTA
-
Daromadning yana boshqa bulogʻi chiqib qoldi. Mushtum
-
Onaning koʻkragi bitmas buloqdir! Dili oq boʻlganidan suti ham oqdir! Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
buloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burnidan buloq boʻldi
-
Toʻychi doʻkonchining ham yegan-ichgani burnidan buloq boʻlib chiqadi. A. Koʻchimov, Halqa
Koʻz bulogʻi qaynamoq
-
Endi ona ancha tuzalib qoldi. Faqat Botiralini eslasa, bagʻri eziladi, dili erib, koʻzlarining qoʻsh bulogʻi qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
BULOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar