bulduruq
bilan ulashing
1. Ayozli, sovuq kunlari yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.
-
Tushdan keyin osmon yuzini sargʻish tuman qoplab, mayda bulduruq yogʻa boshladi. Mirmuhsin, Chiniqish
-
Koʻprik ustidagi qayragʻoch novdalarini bulduruq oʻrab, tanasigacha oppoq qilib qoʻygan. S. Ahmad, Ufq
-
Ertalabki tuman tarqalib, daraxt shoxlariga yopishgan bulduruq zarralari gavharday yaltiray boshladi. A. Muxtor, Chinor
2. koʻchma Sochning oqi; oqargan soch.
-
Bir vaqt yuragimni sevgiga maskan etgan qora sochga qoʻnmish bulduruq. S. Zunnunova
bulduruq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bulduruq bogʻlamoq
-
Yoʻlakda bulduruq bogʻlagan oppoq akatsiya tagida kelishgangina bir qiz bilan Akbarali turardi. A. Muxtor, Chinor
-
qamishlar bulduruq bogʻlab, oppoq boʻlib qolgan ekan. Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt
BULDURUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЛДУРУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bulduruq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar