hid
bilan ulashing
1. Har bir narsa va moddaning kishilarning is bilish sezgilariga taʼsir etadigan xossasi; boʻy, is.
-
Hidi bor narsa. Yoqimli hid. Yoqimsiz hid. Kabob hidi. Handalak hidi. Zira hidi. Piyozdogʻ hidi. Har gulning hidi boshqa. Maqol
-
Ota, manavi behilarni qarang, hidi olamni tutadi, biram pishibdiki! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Uyda tutun yoʻqolgan boʻlsa-da, achchiq hid darrov uning burniga urildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tutab kuyayotgan ot eti va terisining qoʻlansa hididan uning koʻngli behuzur boʻlib, boshi aylandi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma Biror narsa, hodisa yoki holatning belgisi, sharpasi.
-
Shoyad shu bilan Oynagulning ham hidi biron joydan chiqib qolsa. A. Hakimov, Ilon izidan
-
Buning har bir varagʻidan shaxsiy gʻaraz hidi keladi. A. Qahhor, Sarob
-
Janjalning hidini sezgan Sarvi xola gʻudranib, stol ustiga dasturxon yoza boshladi. Mushtum
-
yuzida nur yogʻilib turibdi, soʻzlarida mehr-shafqatning hidi bor. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
hid soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapidan latta hidi keladi
-
Hodivoy, achchigʻing chiqmasin-qu, anchadan beri gapingdan latta hidi keladigan boʻlib qolgan. S. Ahmad, Choʻl burguti
Hid olmoq
-
Damba vaqtida ketib qolganlar ham atrofimizda aylanib, hid olib yurgan emish-ku. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Hidi chiqmoq
-
Imi-jimida boʻladigan ishning hidini chiqarib qoʻydi. Mirmuhsin, Meʼmor. Ehtiyot boʻlmasangiz, bularning ham hidi chiqib qoladi. Mushtum
HID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hid so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar