hech
bilan ulashing
1. Soʻroq olmoshlari, shuningdek, narsa, vaqt va boshqalar baʼzi soʻzlarga qoʻshilib, boʻlishsizlik olmoshlari hosil qiladi. Masalan,
-
hech kim, hech narsa, hech qanday, hech nima, hech qachon, hech qaysi va boshqalar
2. yuklama Inkor bildiradi; yoʻq, aslo.
-
Men ortlaridan yugurardim. Hech yetolmasdim. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Kimni olsa, olsin, hech ishim yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hech shubhasiz, bahor yoshlarga olam-olam shodlik keltiradi. Gazetadan
-
Nima, menga yoqish uchun kestiribdimi? Hech-da! Menga buqogʻing bilan ham yoqa berar eding. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
3. Yoʻq desa boʻladigan darajada, sira arzimaydigan darajada, yoʻqdek.
-
Lekin uning bunday harakati, qizning ulugʻ qalbi va sevgisi oldida hech ekanini chuqur sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
hech soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hech boʻlmasa
-
Ma, bir hoʻpla, hech boʻlmasa! E. Rayimov, Ajab qishloq
-
Har bir oila, hech boʻlmasa, biron jangchini mehmon qilgisi keladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Hech boʻlmasa, siz shu yerda boʻlsangiz ham, Sergeyning yoʻqligini bilintirmay turardingiz. S. Zunnunova, Olov
Hech gap emas
-
Bir ishora bilan bosh uzilib ketishi hech gap emas. Qizim, tilga ehtiyot boʻl! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Boʻgʻib oʻldirishim hech gap emas. Lekin hali-beri oʻldirmayman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Oq kishmishdan tayyorlangan shinni juda xushxoʻr boʻladi, uning oldida asal hech gap emas. M. Hazratqulov, Jurʼat
Hechga chiqmoq
-
Butun orzu-umidlar hechga chiqdi.
-
U yerga tushgan har bir yaproqda oʻzining tarjimayi holini oʻqir, oʻzini-da mavqeyidan ayrilib, hechga chiqib turgan shu yaproqlardan ayira bilmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
HECH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲЕЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hech so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar