bulbul
bilan ulashing
1. Chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush.
-
Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni, Maqol
-
Qush yoʻq joyda qurbaqa — bulbul. Maqol.
-
Ey dilrabo, ishqing bilan devona boʻldim sogʻinib, Bulbul kabi tun kechalar giryona boʻldim sogʻinib. Hamza
-
Hammayoq jimjit. Faqat onda-sonda bulbullar nolasi eshitiladi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Xushovoz xonanda; mohir notiq.
-
Zoʻrgʻa-zoʻrgʻa qayrilib, yoniga qaradi: sevimli bulbuli, sochlarini toʻzgʻitib, shirin uyquda rohat qilmoqda edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Ergash ota haqiqatan ham xalq koʻnglini xonish qiluvchi shoir, xalq dardini, tilak-orzusini kuylovchi bulbul edi. OʻTA
3. koʻchma Oshiq, xushtor.
-
Gul shoxiga bulbul qoʻnsa, bir qoʻnsin, Ikki bulbul qoʻnsa, sira qoʻnmasin. Qoʻshiqlar
-
Qaytayin, soʻlgandi chamanda gulim, Qoʻlimdan uchdi-ku mening bulbulim. Nurali
-
Qiz qizil gul boʻlganda, yigit — bulbul, Gulni izlab bulbul bogʻda tunamasmi?! Qoʻshiqlar
Oʻzbek xalq amaliy sanʼatining koʻp sohalarida qoʻllanadigan, oʻyma va quyma usullarda bajariladigan naqsh.
BULBUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЛБУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bulbul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar