byulleten
bilan ulashing
1. Biror muassasaning vaqt-vaqti bilan chiqarib turiladigan bosma nashri nomi; axborotnoma.
-
Oliy attestatsiya komissiyasining byulleteni.
-
Akademiyaning axborot va byulletenlarida oʻzbek dialektologiyasiga oid 15 dan ortiq ilmiy maqola eʼlon qilindi. OʻTA
-
Tokcha-tokcha eski-yangi ustavlar, lugʻatlar, byulletenlar, gazeta va ajnabiy jurnallar ham bor. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
2. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan biror muhim voqeaning borishi haqida eʼlon qilib turiladigan axborot.
-
Valyutalar kursi haqidagi byulleten.
3. Maʼlum shakldagi saylov (ovoz berish) varaqasi.
-
Saylov byulleteni. Byulletenni saylov qutisiga tashlamoq.
4. so‘zlashuv tili Kasallik tufayli ishchi yoki xizmatchining mehnatga vaqtincha yaroqsizligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan hujjat; kasallik varaqasi.
-
Byulleten olmoq. Byulleten boʻyicha pul toʻlamoq.
-
Maxsus komissiya N. Shodiyevaning shikoyatini tekshirganda, u haq boʻlib chiqdi va dekret byulleteniga haq toʻlanadigan boʻldi. Mushtum
-
— Oradan ikki hafta oʻtkazib, xabar olgani borsam, Xoʻjaxonovning qoʻliga igna kirib, byulletenga chiqib ketgan ekan, — dedi Oʻtbosar. Gʻayratiy, Epchil kuyov
BYULLETEN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЮЛЛЕТЕН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
byulleten so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BYULLETEN so‘ziga berilgan ma’nolar
byulleten so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar