cho‘k
bilan ulashing
1. Tizzalamoq, choʻkka tushmoq.
-
Choʻk, desa, tuya ham choʻkar. Maqol
-
Uning [quduqning] yoniga choʻkkan nortuyani esa, bora-bora qum koʻmib, ulkan tuyatepaga aylantiribdi. M. Mansurov, Yombi
2. Umuman, biror joyga oʻtirmoq.
-
Turdi gʻilay Malik muallimning yoniga choʻkdi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Rangi oʻchgan oʻrindiqqa choʻkkancha, barglari toʻkilgan namchil novdani tomosha qilyapman. Yoshlik
-
Nurali itoatkorlik bilan supaga choʻkdi. Sharq yulduzi
-
Horiganimdan noiloj toʻnkaga choʻkdim. Yoshlik
3. Sath, yuzadagi dastlabki vaziyatiga nisbatan pastlamoq; botmoq; ich-ichiga kirib ketmoq.
-
Yer sathining bir xil joylari choʻkib, boshqa joylari koʻtarilib turadi. Fan va turmush
-
Alimardon uning ichiga choʻkkan koʻzlariga bir lahza tikilib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Tinib, tagiga oʻtirmoq, tinmoq (suyuqlikdagi aralashma, quyqa va shu kabilar haqida).
-
Loyqa choʻkib, suv tiniqlashibdi. Namakobning tuzi tagiga choʻkib qolibdi.
5. Gʻarq boʻlmoq, botmoq; suvga botib, oqib halok boʻlmoq.
-
Choʻkayotgan choʻpga yopishar. Maqol
-
[Ayol] Beixtiyor muvozanatini yoʻqotib, suvga choʻkdi. Yoshlik
6. koʻchma Qaddi, boʻyi qisqarib, pastroq, kaltaroq boʻlib qolmoq, qisqa tortmoq.
-
Uning [Bashirjonning] boʻyi bir qarich choʻkkandek, yelkalari chiqib, qomati oldinga engashib qolgandek edi. N. Aminov, Qahqaha
-
Erining rangi dokadek oqarib ketgan, oʻzi bir zumda choʻkib, kichkina boʻlib qolgandi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Devorlar jim choʻkaveradi. X. Davron.
7. Tepadan pastga tushib, sathni qoplamoq.
-
Osmon yuzini qoplagan quyuq sargʻish chang yerga choʻkdi. Mirmuhsin, Gʻurbatdagi odam
-
Baland toqqa choʻkar qor. Nurali
8. Qoplamoq, yoyilmoq.
-
Oqshom choʻkdi.
-
Tun ogʻib, qorongʻilik choʻkdi. Mirmuhsin, Temur Malik
-
Qishloqqa tun choʻka bosh-laganda, menga jiyan sanalmish Zokir ishdan qaytdi. Yoshlik
9. koʻchma Egallamoq, oʻrnashmoq (ruhiy holatga nisbatan).
-
Onaning koʻngliga chuqur gʻashlik choʻkkan. Saodat
-
[Yaxshiboyev:] Mehr keyin keldi, armonlarim yuragimning tubiga choʻkdi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Xotira —
-
unutilmas, unutib boʻlmas armon. Yurak qaʼriga choʻkkan xayol. OʻTA
10. Maʼlum muddat davom qilmoq.
-
Oraga ogʻir jimlik choʻkdi. Yoshlik
-
Suhbat uzilib, oraga sukunat choʻkdi. Saodat
11. koʻchma Ruhiy tushkunlikka tushmoq.
-
Farzandining oʻlimidan soʻng ona ancha choʻkib qoldi. Gazetadan
-
Erining xiyonati Fazilatni behad choʻktirib yubordi. Yoshlik
12. koʻchma Iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushmoq; orqada qolmoq.
-
U [Ismoilova] choʻkib qolgan bir necha kolxozni birlashtirib, ularni koʻtarishga rahbarlik qildi. N. Safarov, Olovli izlar
cho‘k soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tiz choʻkmoq
-
Mard nomardga tiz choʻkmas. Maqol
-
bir peshin chogʻi paykalda [Anvar] tiz choʻkib, Sevarguljon, men sizni sevaman, dedi. N. Qilichev, Chigʻiriq
Koʻngli choʻkmoq
-
— Xarish demang, otimning koʻngli choʻkadi, — deb Avazxon otining sagʻrisini siladi. Gulshanbogʻ.
Oq tuya choʻkdi
CHO‘K so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘k so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar