debocha
bilan ulashing
1. Kitobning rang va zarhal bilan naqsh berib ziynatlangan dastlabki alohida sahifasi; sarvaraq.
2. Devon, kulliyot, bayoz va shu kabilarga maxsus yozilgan kirish maqola; kirish, muqaddima; epik asarlarning kirish qismi.
-
Ahli sheʼr balki kitobim nazmi ishq deb ochadir, Yoʻq, kitobim sevgining devoniga debochadir. E. Vohidov, Muhabbat
3. koʻchma Biror narsa, hodisa, ish-harakatning boshlanishi; boshlama.
-
Bu endigi savolning debochasi ekanini sinashta boʻlib qolgan Shahzoda darrov payqadi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Oltiariq stansiyasi Ilhomjon uchun hayot maktabining debochasi boʻladi. Gazetadan
-
Choʻqqidan chopqillab tushgan shalola — Daryo debochasi — qoʻshigʻi sensan. G. Joʻrayeva, Iqbol.
4. Kichik hajmli musiqiy asar; musiqa asarining kirish qismi.
DEBOCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕБОЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
debocha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar