dengiz
bilan ulashing
1. Okeanning quruqlikka tutashgan yoki quruqlikka yorib kirgan boʻlagi, okeanning quruqlik yoki orol va yarimorollar bilan ajralgan qismi.
-
Orol dengizi. Boltiq dengizi. Qizil dengiz. Dengiz havosi. Dengiz floti. Ahmoqda or boʻlmas, dengizda — guzar. Maqol
-
Orollar va yarimorollar okeanni ayrim qismlarga boʻlib yuborgan, bu qismlar dengizlar deb ataladi. Dunyo qitʼalari geografiyasi
-
Dengiz suvidek tiniq koʻzlari muloyim va mehr bilan boqardi. S. Karomatov, Oltin qum
2. Keng maydonni egallagan va dengizga qiyos qilingan sunʼiy suv havzasi.
-
Toshkent dengizi.
-
Chorvoq dengizi xuddi uzukka, qoʻyilgan moviy koʻzga oʻxshab, yashnab koʻrinadi. Gazetadan
3. koʻchma Juda katta uyum, toʻda, oqim; biror narsa bilan qoplangan keng maydon.
-
Paxta dengizi. Qon dengizi.
-
Kimlarning orqasida qamchi izlari. Hali ham toʻlqinlanar qon dengizlari. Gʻayratiy
-
Koʻm-koʻk paxta dengizida qizgʻin ish borar edi. Oybek, O. v. shabadalar.
-
Perronda chayqalar odam dengizi. Koʻzlarda iltijo, mehr va yolqin. B. Boyqobilov, Meni kuting, yulduzlar
4. koʻchma Ogʻush, quchoq; qurshov; asirlik.
-
Poʻlat ota shunday ichki xayollar dengizida suzib, boyvachchaning koʻnglini eritadigan gap topolmay, kalovlanib turar edi. K. Yashin, Hamza
-
Xatni yozgan chogʻingizda tamom bir oʻt ichida, gʻazab dengizida suzganligingiz gavdalanib, koʻzoʻngimdan oʻtdi[lar]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Miqdoran va hajman tuganmas, cheksiz narsa haqida.
-
Bilganing daryo boʻlsa, Bilmaganing — dengiz. Maqol
-
Pavel Ivanovich ilm bobida bamisoli bir dengiz. S. Karomatov, Oltin qum
dengiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zangori (yoki koʻk) dengiz
-
Zangori dengizning tiniq qoʻynidan Koʻm-koʻk oy yuzlanib, kulib boqadi. Uygʻun
-
Koʻk dengizning bir chetida yangi tugʻilgan oy ochilib turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
DENGIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕНГИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dengiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar