depsi
bilan ulashing
1. Sevingan, doʻq urgan, qoʻrqqan, injiqlik yoki betoqatlik qilgan holda yer tepmoq, yer tepib turmoq.
-
Yer depsib yigʻlamoq.
-
Jonon birovlarning oldiga borib yer depsir, baʼzilarga koʻzini suzib, qoshini qoqardi. Gazetadan
-
Tagidagi ot suvliq chaynab depsiydi. I. Shamsharov, Toshkin
-
Katta yoʻl yoqasida depsina-depsina, birpas oʻtkinchi mashina kutishdi. X. Sultanov, Bir oqshom ertagi
2. Bosib-yanchib tashlamoq, oyogʻosti qilmoq, payhon qilmoq, toptamoq.
-
Murdalarni ezib, depsib Bu quturgan olomon O. Xakimov, Dostonlar
-
Qaysiyam kolxoz yaylovga katta poda haydab oʻtayotganida, chanqoq poda buloqqa yopirilib, uni depsib tashlabdi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Ot yoki eshakni oyoq bilan niqtab tezlatmoq.
-
Hasan ovchi tez borib, eshakni yechdi-yu, unga mindi-da, ikki oyoqlab depsib, bu ajal qalʼasidan tezroq ketishga shoshildi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
4. Tepmoq, urmoq (yuragi, qon tomiri haqida).
-
Hayajondan yuragi depsib ura boshladi. H. Shayxov, Rene jumbogʻi
-
Nurmat otaning gaplaridan keyin yuragim yana ham depsib ketdi. M. Rahmonov, Injenerning qaytishi
DEPSI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕПСИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
depsi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar